logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Velosportchimiz xalqaro turnirda zafar quchdi

 12 AVGUST, 2026, 16:42

O'zbekiston Milliy terma jamoasi a'zosi Nikita Tsvetkov Vengriyada o'tkazilgan "IV. Budapest GP" xalqaro musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Hamyurtimiz velosportning trek yo'nalishidagi eng murakkab va nufuzli dasturlardan biri, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan “Omnium” ko'pkurashida barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.

Musobaqa davomida Tsvetkov har bir yo'nalishda yuqori mahorat namoyish etdi. Jumladan, u “Scratch” dasturida 40 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. “Tempo Pace” bahsida ham 40 ochko jamg'arib, g'alabani qo'lga kiritdi. “Elimination” poygasida ham raqiblariga imkoniyat qoldirmagan Nikita “Point Pace” dasturida 26 ochko jamg'ardi. Shu tariqa, barcha dasturlar yakuniga ko'ra 146 ochko to'plagan Nikita Tsvetkov “Omnium” ko'pkurashini birinchi o'rinda yakunlab, O'zbekiston delegatsiyasiga oltin medalni taqdim etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ