logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maxachev Iliya Topuriyaning qaytishiga ishonmoqda

 12 AVGUST, 2026, 16:16

Islam Maxachev, agar Iliya Topuriya Jastin Getjiga qarshi jangdagi mag'lubiyatidan to'g'ri xulosa chiqarsa, u holda yana cho'qqiga qaytishi va UFC chempioni bo'lishi mumkinligiga ishonadi.

"Rostini aytsam, men hayron qoldim, chunki Iliyadan g'alaba kutgandim. Ammo chempion bo'lganingizda, diqqatni yo'qotmaslik kerak, chunki bu juda xavfli sport turi va menimcha, Iliya bilan aynan shu narsa yuz berdi. U Jastinni mensimadi, chunki uni osonlikcha mag'lub etib, nokautga uchrataman deb o'yladi. U o'zining nokaut qilish kuchiga ishondi, lekin Getji — haqiqiy yirtqich, u qancha kerak bo'lsa, shuncha jang qilishga tayyor. Iliya bilan aynan shu narsa yuz berdi.

U uni nokaut qilishga urinib, juda ko'p kuch sarfladi — og'ir zarbalar yo'lladi va natijada charchab qoldi. Nega men u diqqatini yo'qotdi deyapman? Jangdan oldin qanday qilib ziyofat uyushtirib, g'alabani nishonlash mumkinligini tushunmayapman? Men uning g'alabasini nishonlayotgani aks etgan videoni ko'rdim. Sen mashhur insonlarni taklif qilyapsan, ular bilan bayram qilyapsan, o'z rekordingni qo'lda o'zgartiryapsan — bular men tushunmaydigan narsalar.

Ammo men aminmanki, Iliya qaytadi va yaxshi jang ko'rsatadi, chunki u hali yosh va vaqti bor, shuningdek, u haqiqatan ham yaxshi jangchi ekanini ko'ryapman. U zarba berishda ham, kurashda ham yaxshi, parterda ham mahorati yuqori. Agar u diqqatini qayta tiklasa, balki yana chempion bo'lar. Lekin Getji bilan bo'lgan bu jang uning hayotini aniq o'zgartiradi — hozircha bu qanday o'zgarish bo'lishi nomalum", — dedi UFC yarim o'rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev Demetrius Jonsonga bergan intervyusida.

SHu yilning iyun oyida o'sha paytda mag'lubiyat nimaligini bilmagan Iliya Topuriya Jastin Getjiga qarshi birlashtiruvchi jangda yaqqol favorit sifatida oktagonga chiqqan va to'rtinchi raunddan so'ng burchagining talabi bilan jangni davom ettirishdan bosh tortib, UFC engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy bergan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ