logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Moskva Emeriga katta saboq bergan

 12 AVGUST, 2026, 16:12

Unai Emeri «PSJ»ga qarshi Evropa Superkubogi o'yinigacha bo'lgan yo'lini tasvirlab berdi.

«Mening murabbiylik faoliyatim — doimo yaxshiroq bo'lishga intilishdan iborat. Ilk bor xorijda, Moskvada ishlaganimda, bu uydan uzoqda, boshqa mamlakat va boshqa ligadagi ilk tajribam edi. Albatta, u erda ko'p narsalarni o'rgandim, ammo o'sha davrni muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi. U erda olti oy ishladim. Keyin “Sevilya”, so'ng “PSJ”ni boshqarish uchun yo'l olganimda, yana o'zimdagi barcha avvalgi tajribadan foydalanib, yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qildim.

Parijda ikki yil ishladim. Men baxtli edim, juda talabchan bo'ldik, sovrinlarni qo'lga kiritdik, ammo Chempionlar ligasida oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erisha olmadik. Shundan keyin “Arsenal” men uchun shunga o'xshash yana bir tajriba bo'ldi. Albatta, u erda ham o'zimni to'liq muvaffaqiyat qozongandek his qilmadim, ammo o'sha bir yil, mening nazarimda, yaxshi o'tdi.

Keyingi imkoniyat esa shu erda, “Aston Villa”da paydo bo'ldi. Men yana o'z tajribamdan, o'rgangan barcha narsalarimdan foydalanib, yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qildim» — dedi “Aston Villa” bosh murabbiyi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ