logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Aston Villa» sardori: «Biz APL va Evropaning eng yaxshi klublari bilan barqaror raqobatlashmoqdamiz»

 12 AVGUST, 2026, 16:00

«Aston Villa» yarim himoyachisi va sardori Jon Makginn «PSJ»ga qarshi UEFA Superkubogi o'yini oldidan jamoaning mavsumga bo'lgan kayfiyati haqida gapirib berdi.

«Men bu erda bo'lgan sakkiz yil davomida ko'p narsa o'zgardi. Bizda muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan aniq tuzilma va standartlar paydo bo'ldi. Vazifamiz – yangi kelgan futbolchilarga jamoaga moslashib ketishlariga va hammamiz kabi yangi «Aston Villa»ga ishonishlariga yordam berishdir.

Biz Angliya va Evropaning eng yaxshi jamoalari bilan barqaror raqobatlashmoqdamiz. Qarshimizda qiyinchiliklar etarli, ko'p narsa o'zgardi, lekin jamoaning asosiy o'zagi avvalgidek qoldi, bizda o'sha murabbiy, o'sha usullar va yanada kattaroq yutuqlarga erishishga bo'lgan o'sha intilish bor. Modomiki, biz g'alabaga bo'lgan bu tashnalikni saqlab qolar ekanmiz, «Villa» muxlislari bizdan maksimal natija kutishlari mumkin», — deyiladi Makginnning UEFA saytida keltirilgan so'zlarida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ