Markinos: «Luis Enrike — bu o'z fikrini o'yinchilarga etkaza oladigan murabbiy»
12 AVGUST, 2026, 16:00
«PSJ» himoyachisi Markinos yangi mavsumdan kutilayotgan umidlar bilan o'rtoqlashdi va bosh murabbiy Luis Enrike qo'l ostidagi ish haqida fikr bildirdi.
«Biz qanchalik qiyin bo'lishini bilamiz. Oxirgi mavsumlarda sovrinlarni qo'lga kiritganimiz hamma narsa oson kechadi degani emas. Oldinda ko'plab to'siqlar bo'lishini tushunib turibmiz. Biz g'alabalarga tashnamiz va zafar quchishni xohlaymiz. Har bir sovrin — bu yangi imkoniyat. Shaxsan men yanada kattaroq yutuqlarni xohlayman va jamoadagi har bir o'yinchi xuddi shunday kayfiyatda. Ushbu paytga optimal formada etib kelish uchun hammamiz mehnat qildik. Jamoa g'alaba qozonish uchun qo'lidan kelgan barcha narsani qiladi.
Luis Enrike energiyaga to'la. Bu o'z fikrini o'yinchilarga etkaza oladigan murabbiy. Va bu fikr juda ambitsiyali — mavsum davomida har bir futbolchi jamoaga kerak bo'ladi, har kimning o'z fursati keladi. U mavsum boshida eng yaxshi formamizda bo'la olmasligimizni tushunadi — buning uchun vaqt kerak. U hech qachon taslim bo'lmaydi va o'ziga bo'shashishga yo'l qo'ymaydi. Qo'lga kiritilgan sovrinlar endi o'tmishda qoldi, biz esa yangilarini yutishni xohlaymiz. Uning murojaati mazmuni aynan shundan iborat», — deyiladi Markinosning UEFA saytida keltirilgan so'zlarida.
Chorshanba kuni «PSJ» UEFA Superkubogi uchun kechadigan bahsda «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.
