Yozgi transferlar oynasidan keyin “Neftchi” O'zbekistonning eng qimmat klubiga aylandi
12 AVGUST, 2026, 15:54
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yozgi transferlar oynasidan so'ng O'zbekiston Superligasining eng qimmat klubiga aylanib oldi. Transfermarkt portalining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan barcha 16 ta jamoaning umumiy bozor qiymati jami 95,34 million evroni tashkil etmoqda.
Farg'onaning “Neftchi” klubi tarkibining umumiy qiymati esa 12,85 million evroga etgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ular uzoq vaqt davomida peshqadamlik qilib kelgan Toshkentning “Paxtakor”ni (12,28 mln evro) klublarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Namanganning “Navbahor” (9,63 mln evro) esa 3-pog'onani band etgan. Kuchli beshlikni Qarshining “Nasaf” (8,45 mln evro) va Samarqandning “Dinamo” (6,78 mln evro) jamoalari yakunlab bergan.
“Neftchi”ning klublar reytingida birinchi o'ringa ko'tarilishiga asosan bitta yirik xarid — Koffi Kuaoning jamoaga kelishi sabab bo'ldi. Kot-d'ivuarlik o'ng qanot himoyachisining narxi 2,5 million evroga baholangan bo'lib, u hozirda O'zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi.
Superliganing eng qimmat 10 nafar futbolchisi
Koffi Kuao (“Neftchi”) — 2,50 mln evro
Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”) — 1,50 mln evro
Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”) — 1,40 mln evro
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) — 1,30 mln evro
Sherzod Nasrullaev (“Paxtakor”) — 1,20 mln evro
Lyupcho Doriev (“So'g'diyona”) — 1,20 mln evro
Hojimat Erkinov (“Paxtakor”) — 1,00 mln evro
Jamshid Iskanderov (“Neftchi”) — 1,00 mln evro
Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”) — 900 ming evro
Bashar Resan (“Paxtakor”) — 800 ming evro.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston Superligasining amaldagi chempioni Farg'onaning “Neftchi” klubi hisoblanadi.
