«Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» yulduzi bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi
12 AVGUST, 2026, 15:42
«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton Manchester klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
indykaila News xabariga ko'ra, seshanba kuni «Manchester Yunayted» vakillari Uortonning ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun «Kristal Pelas» rahbariyati bilan uchrashishgan. Bu ma'lumotni Londonlik manba tasdiqladi. Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchi «Liverpul»ni ham qiziqtirmoqda.
O'tgan mavsumda Adam Uorton barcha turnirlarni hisobga olgan holda 53 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va o'z hisobiga ettita golli uzatmani yozib qo'ydi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Uortonning narxi 70 million evroni tashkil etadi.
