«Tottenxem» bu borada faollashdi
12 AVGUST, 2026, 15:36
«Monako» hujumchisi Folarin Balogun «Tottenxem» klubi qiziqish doirasiga tushdi.
L’Équipe ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 25 yoshli amerikalik hujumchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Kelishuv qiymati 60 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Yoz boshidan buyon bir nechta ingliz klublari, jumladan, «Nyukasl», hamda ispan klublari Balogunni diqqat bilan kuzatib kelayotgandi.
Yaqin soatlarda esa «Tottenxem» amerikalik hujumchini qo'lga kiritish masalasida faollashdi.
