logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» frantsiyalik darvozabonni sotib oldi

 12 AVGUST, 2026, 15:30

«Manchester Siti» tarkibi yangi darvozabon bilan boyidi – u 34 yoshli Xeronimo Ruli bo'ldi. Frantsiyaning «Marsel» klubidan darvozabon transferi haqidagi e'lon Angliya klubining rasmiy saytida paydo bo'ldi.

Ruli 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Mish-mishlarga ko'ra, «Manchester Siti» va «Marsel» o'rtasidagi kelishuv summasi taxminan 3,8 million evroni tashkil etdi.

O'tgan mavsumda tajribali darvozabon Frantsiya chempionatida 29 ta o'yin o'tkazib, shulardan sakkiztasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Liga 1 ga ko'chib o'tishdan oldin Ruli Niderlandiyaning «Ayaks», Ispaniyaning «Vilyarreal» va «Real Sosedad», shuningdek, boshqa klublarda to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ