«Manchester Yunayted» Belgiya terma jamoasi himoyachisi bo'yicha taklif tayyorlamoqda
12 AVGUST, 2026, 15:24
«Bryugge»ning chap qanot himoyachisi Xoakin Seys Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin.
Mirror Football xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» 21 yoshli futbolchining transferi bo'yicha «Bryugge»ga ilk taklifni yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Belgiya klubi o'z o'yinchisini 35 million evroga (taxminan 30 million funt) baholamoqda.
O'tgan mavsumda Seys barcha turnirlarni hisobga olgan holda 55 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh bor ishg'ol etdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Seysning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari belgiyalik futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
