logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Roma» jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

 12 AVGUST, 2026, 15:18

Argentina terma jamoasining qanot himoyachisi Nauel Molina endi Italiyaning «Roma» klubi sharafini himoya qiladi. Rim klubi Madridning «Atletiko» jamoasidan futbolchining transferini rasmiy saytida e'lon qildi.

Mehnat shartnomasining muddati haqida rimliklar ma'lumot berishmadi. Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Molina «Roma»da 2030 yilning yozigacha o'ynaydi, transfer summasi esa 18 million evroni tashkil etdi.

A Seriyada futbolchi 20-raqam ostida to'p suradi.

28 yoshli Molina oxirgi to'rt mavsumni «Atletiko»da o'tkazdi. Ispaniya jamoasi tarkibida qanot himoyachisi barcha turnirlarda 181 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urdi va 17 ta golli uzatma berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ