«Galatasaroy» Makallisterni sotib olmoqchi
12 AVGUST, 2026, 15:18
«Liverpul»ning argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Makallister «Galatasaroy» nishoniga tushdi. Ushbu ma'lumotni Turkiyaning Yeni Asır gazetasi e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, «Galatasaroy» joriy transfer oynasida 27 yoshli argentinalik futbolchi bilan tarkibini kuchaytirmoqchi. Turkiya chempioni o'yinchini diqqat bilan kuzatib bormoqda va ehtimoliy transfer shartlarini o'rganishni boshlagan. Shu bilan birga, «Liverpul» Mak Allisterni qo'yib yuborishga tayyormi-yo'qmi, hozircha noma'lum.
O'tgan mavsumda amaldagi vitse-jahon chempioni «Liverpul» tarkibida 55 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Makallisterning narxi 70 million evroni tashkil etadi.
