logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sobiq UFC chempioni Deyveson Figereduga jang tayinlandi

 12 AVGUST, 2026, 15:16

O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni raqamli turnirda oktagonga chiqadigan bo'ldi.

Braziliyalik tajribali aralash yakkakurash ustasi 3 oktyabr kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etiladigan UFC 332 turnirida amerikalik Payton Talbottga qarshi jang o'tkazadi. 

Qizig'i, Deyveson so'nggi beshta jangida atigi bitta g'alabaga erishgan va ayni damda ikki janglik mag'lubiyatli seriyasi bilan kelmoqda: u Umar Nurmagomedovga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan bo'lsa, xitoylik Song Yadongga gilotina usulida imkoniyatni boy bergan.

Payton Talbott esa aksincha, ketma-ket ikkita jangda g'alabaga erishdi. U Felipe Lima va Genri Sexudoni hakamlarning yakdil qabul qilgan qarori evaziga taslim etgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ