logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Frattezi «Nyukasl»ni qiziqtirib qoldi

 12 AVGUST, 2026, 15:12

«Nyukasl» «Inter» yarim himoyachisi uchun kurashda «Latsio»ga qo'shilib, Davide Fratteziga da'vogarga aylandi.

Tuttomercatoweb nashrining Corriere dello Sport'ga tayanib xabar berishicha, Frattezining ketishi endi deyarli muqarrar bo'lib tuyulmoqda. Bruno Gimaraes ketganidan so'ng yarim himoyachi qidirayotgan «Nyukasl» dastlab Aleksandar Stankovich bo'yicha so'rov yuborgan edi, ammo «Inter» uni qo'yib yuborishdan bosh tortdi va «haddodlar»ga Frattezi transferi imkoniyatini ko'rsatdi.

Italiyalik futbolchining qiymati taxminan 25 million evroga baholanmoqda. «Inter» uchun juda muhim tomoni shundaki, Frattezining sotilishi ular anchadan beri amalga oshirishga intilayotgan «Liverpul»dan Kyortis Djons bitimini moliyalashtirishga yordam beradi.

«Latsio» ham Davidega hanuzgacha qiziqish bildirmoqda, ammo ularning pozitsiyasi endi zaifroq ko'rinmoqda. Rimliklar Frattezini faqat ijaraga olishlari mumkin, eng yaxshi holatda shartli sotib olish majburiyati va keyingi sotuvdan katta foiz bilan.

Italiyalik yarim himoyachi, o'z navbatida, Premer-ligadagi birinchi tajriba uchun ochiq.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ