Al-Xelayfi FIFA prezidenti lavozimida Infantinoning o'rnini egallashga asosiy favorit
12 AVGUST, 2026, 15:06
Bukmekerlar FIFA prezidenti lavozimida Janni Infantinoning o'rnini egallashga asosiy nomzodlarni ma'lum qilishdi.
Evropalik funktsionerlar FIFA rahbariyatida o'zgarishlarni xohlayotganining sabablaridan biri – Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejalaridir.
Xorijiy bukmekerlarda Infantinoning o'rnini egallashga «PSJ» prezidenti Nasser Al-Xelayfi favorit sifatida baholanmoqda. Da'vogarlarning top-3 ligiga, shuningdek, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin va KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani kirgan.
