logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Aston Villa" Devid borasida so'rovnoma yubordi

 12 AVGUST, 2026, 14:36

"Yuventus"ning kanadalik hujumchisi Jonatan Devid "Aston Villa"ga o'tishi mumkin.

SportMediaset xabariga ko'ra, "Aston Villa" "Yuventus"dan Devidning transferi haqida ma'lumot so'ragan. Xabarlarga ko'ra, Italiya giganti yangi hujumchi uchun mablag' yig'ish maqsadida o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor.

O'tgan mavsumda 26 yoshli Devid barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va beshta golli uzatma bergan.

Devidning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ