"Manchester Siti" belgiyalik himoyachiga ko'z tikmoqda
12 AVGUST, 2026, 14:24
"Bryugge" chap qanot himoyachisi Xoakin Seys Angliya Premer-ligasiga o'tishni ko'zlamoqda.
Mirror Football nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" 21 yoshli futbolchi uchun "Bryugge"ga birinchi taklifni berishni ko'rib chiqmoqda. Belgiya klubi o'z futbolchisini 35 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Seys barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urgan va sakkizta golli uzatma bergan.
Seysning "Bryugge" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.
