logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yen Machado Gerri: "Maxachevning raqiblari menikichalik xavfli bo'lmagan"

 12 AVGUST, 2026, 13:32

SHu hafta faoliyatidagi eng katta jangini o'tkazadigan Yen Machado Gerri o'zining raqiblari Islam Maxachevning raqiblari darajasidan ustun ekanligini aytmoqda.

"Agar mening oxirgi besh raqibimni Islamning oxirgi besh nafar raqibi bilan solishtiradigan bo'lsak, nazarimda, bu erda muhokama qiladigan narsaning o'zi yo'q – kimning raqiblari kuchliroq bo'lgani yaqqol ko'rinib turibdi. Kimlar bilan jang qilganimga qarang: Belal Muhammad, SHavkat Rahmonov, Karlos Prates, Maykl Peyj. Bu to'rtlik – sayyoramizdagi eng noqulay jangchilardan biri. Ularning har biri juda jiddiy xavf tug'diradi.

Endi Jek Della Maddalena, Renato Moykano, Dastin Pore va Aleks Volkanovskiga qarang. Volkanovski va Porega sport afsonalari sifatida hurmat saqlagan holda aytamanki, ular men sanab o'tgan jangchilarchalik xavfli emas. Qolaversa, mening har bir raqibim gavda jihatidan kattaroq va bo'yi ham balandroq edi", – dedi irlandiyalik jangchi ESPN MMA nashriga bergan intervyusida.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi o'z chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladigan yarim o'rta vazn toifasidagi titul jangi 16 avgust tongida Filadelfiyada o'tkaziladigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ