logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

President's Cup. Sergey Fomin g'alaba bilan boshladi

 12 AVGUST, 2026, 12:48

Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer 50" toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada O'zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalarining ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov turnirga zaxira o'yinchisi sifatida qo'shilgan va 1/16 finalda italiyalik Aleksandr Bindani 6/3, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

Birinchi raketkamiz Sergey Fomin ham Astana turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz 1/16 finalda rossiyalik Maksim Jukov mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi set 7/5 hisobida Fomin foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setni 1/4 hisobida boy berayotgan Jukov bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.  

Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 305, Jukov 531-o'rinni band etgan. Etmish daqiqa davom etgan uchrashuvda Sergey 7, Maksim 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar rus tennischisida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Bu tennischlarning o'zaro o'tkazgan oltinchi uchrashuvi bo'ldi - 3:3. Fomin kechagi g'alabasi evaziga muvozanatni tikladi. Sergey ertaga 1/8 finalda tailandlik Kasidit Samrejga qarshi kortga chiqadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ