logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Serbiya amaldagi chempioni mashhur murabbiyni ishdan bo'shatdi

 12 AVGUST, 2026, 12:42

«Tsrvena Zvezda» bosh murabbiyi Deyan Stankovich jamoaning Chempionlar ligasi saralash bosqichidan chiqib ketganidan so'ng iste'foga chiqarildi.

«Direktno» nashri ma'lumotiga ko'ra, Stankovich Chempionlar ligasi 3-saralash bosqichi doirasida «Xapoel»ga qarshi javob uchrashuvidan keyin futbolchilar bilan kiyinish xonasida xayrlashgan. Belgradda o'tkazilgan bahsda serb klubi 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi uchrashuvda ham «Tsrvena Zvezda» 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Shu tariqa, Serbiya amaldagi chempioni qit'aning eng nufuzli klublar musobaqasi — Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanma ololmadi. Jamoa Evropa musobaqalaridagi ishtirokini Evropa ligasi saralash bosqichida davom ettiradi va u erda Chexiyaning «Viktoriya» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Stankovich «Tsrvena Zvezda»ni 2025 yil dekabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuv o'tkazib, 24 ta g'alaba, 3 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ