logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Yuventus" "PSJ"ning yangi posbonini ijaraga olmoqchi

 12 AVGUST, 2026, 11:42

Darvozabon Jion Suzuki "Parma"dan "PSJ"ga o'tganidan so'ng darhol Italiyaga qaytishi mumkin. Frantsiya giganti yaponiyalik posbonining transferini yakunlashga yaqin, uning shartnoma qiymati 35 million evroni tashkil qiladi.

Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Yuventus" bugun, chorshanba kuni 23 yoshli darvozabonning agenti bilan ijara shartnomasini muhokama qilish uchun uchrashadi. Parijliklar yangi transferini mavsumning qolgan qismida Turinga qo'yib yuborishga tayyor. Qarorni futbolchining o'zi qabul qiladi.

Jion Suzuki "Parma" safida A Seriyada 57 ta o'yinda maydonga tushib, 81 ta gol o'tkazib yuborgan va 13 tasida darvozasi daxlsiz qolgan. Yaqinda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida darvozabon Yaponiya terma jamoasining barcha to'rtta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ