logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Borussiya" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishi mumkin

 12 AVGUST, 2026, 11:42

"Borussiya" (Dortmund) o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor. Avval xabar qilinganidek, "arilar" "Kyoln" vingeri Said El Mal uchun taxminan 55 million evro taklif qilmoqchi.

Agar kelishuv amalga oshsa, 19 yoshli futbolchi Dortmundning eng qimmat transferiga aylanadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi rekord 2016 yilda "Renn"dan 35 million evroga sotib olingan Usmon Dembelega tegishli. Aytgancha, "Oltin to'p" sohibi ham o'sha paytda 19 yoshda edi.

Said El Mal o'tgan mavsumda "Kyoln" safida 34 ta o'yinda 13 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ