Diabi Evropa klubiga o'tish uchun o'zining katta maoshidan voz kechishga tayyor emas
12 AVGUST, 2026, 11:30
"Al-Ittihod" vingeri Mussa Diabi bu yozda "Inter"ga o'tishi ehtimoli kam.
Jurnalist Simone Tonyaning so'zlariga ko'ra, frantsuz futbolchisi Evropaga qaytishni istaydi, ammo Saudiya Arabistonida oladigan katta maoshidan voz kechishga hali tayyor emas. Bundan tashqari, futbolchi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun klubidan katta miqdorda kompensatsiya so'ragan, bu esa "Inter"ga o'tish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Mussa Diabi 2024 yil yozida "Aston Villa"dan "Al-Ittihod"ga 60 million evro evaziga qo'shilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli sobiq Frantsiya terma jamoasi futbolchisi hozirda 25 million evroga baholanmoqda.
