logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Grand Chess Tour: Sindarov Pragg bilan o'ynadi, 5 ta partiyadan faqat 1 tasida durang qayd etildi

 12 AVGUST, 2026, 11:16

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turnirida 2-tur partiyalari o'ynaldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etayotgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkazilyapti. Birinchi turda Javohir Sindarov amerikalik Levon Aronyanga qarshi oq donalarda o'ynab, durang natija qayd etgandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ikkinchi turda esa Javohir qora donalarda so'nggi paytlardagi asosiy raqibiga aylanib borayotgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib bordi. Durangga qarab ketayotgan dramatik uchrashuv yakunida Pragg g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. Yana uchta partiyada g'alaba qayd etildi. Faqat bir uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Niderlandiyalik Anish Giri amerikalik Fabiano Karuana bilan murosaga keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun 3-turda Javohir Sindarov oq donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib boradi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Besh nafar ishtirokchi - Fabiano Karuana, Uesli So, Rameshbabu Praggnanandha, Levon Aronyan va Maksim Vashe-Lagrav 1,5 ochkodan jamg'arib, Top-5`talikdan joy olgan. Anish Giri 1 ochko bilan 6-o'rinni band etgan bo'lsa, Javohir Sindarov 0,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-pog'onada bormoqda. Faqat Yorden van Forest hozircha ochko olmagan, u ikkala uchrashuvda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.  


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

To'liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ