Insayder Rodrining transferi haqida: "Barchasi nazorat ostida"
12 AVGUST, 2026, 10:36
Jurnalist Jerard Romero "Barselona"ning Rodri transferi bo'yicha "Manchester Siti" bilan muzokaralari haqida fikr bildirdi.
"Ko'k-anorranglilar" Ispaniya terma jamoasi yulduzi bilan kelishuvga erishdi, ammo klublar o'rtasidagi muzokaralar yaxshi kechmayapti - shartlar hali ham kelishib olinmagan.
"Yigitlar, xotirjam bo'linglar. Bilaman, sizlar asabiylashyapsizlar, lekin Rodri "Barselona" o'yinchisi bo'ladi. Klublar shunchaki bir nechta tafsilotlarni hal qilishlari kerak - barchasi tez orada sodir bo'ladi. Ular kelishuvga yaqin", - dedi Romero Barca Universal bilan suhbatda.
Avval xabar qilinganidek, "Barselona" 30 yoshli jahon chempioni uchun taxminan 70 million evro taklif qilgan, shundan 5 million evrosi bonuslar hisoblanadi.
