logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Messi faoliyatini yakunladi

 12 AVGUST, 2026, 09:24

Angliyalik yordamchi hakam Shon Messi-Ellis hakamlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Messi-Ellis 2010 yilda «Blekpul» va «Sanderlend» o'rtasidagi uchrashuvda Angliya chempionatining yuqori divizionida debyut qilgan va mamlakat tarixida Premer-ligada ishlagan ikkinchi ayol-laynsmenga aylangan.

40 yoshida faoliyatini yakunlagan Messi-Ellis APLda 150 dan ortiq uchrashuvda ishladi. Shuningdek, u ayollar o'rtasidagi Angliya Kubogi finalida besh marta, Angliya Superkubogi bahsida hakamlik qildi. Shon Angliya Kubogi va Liga Kubogi finallarida VAR hakami sifatida ham faoliyat yuritgan.

2019 yilda Messi-Ellis Evropa klub musobaqalarida uchrashuvga tayinlangan birinchi angliyalik ayol-laynsmen bo'ldi. U o'sha yili Evropa Ligasi doirasidagi «PSV» — «LASK» uchrashuvida yordamchi hakam sifatida ishladi.

Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, Messi-Ellis sentyabr oyidan Angliya Futbol assotsiatsiyasida (FA) faoliyat yuritadi. U erda ayol hakamlar bilan ishlash bo'yicha katta menejer lavozimida ishlab, hakamlik kasbini tanlagan ayollarni qo'llab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga ko'maklashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ