logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Chempionlar Ligasi-2026/27: pley-off bosqichidagi barcha juftliklar aniqlandi

 12 AVGUST, 2026, 09:18

Evropa Chempionlar Ligasi-2026/27 mavsumi saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi javob uchrashuvlari 11 avgust kuni bo'lib o'tdi. Ularning yakunlariga ko'ra, pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar va juftliklar aniqlandi.

Pley-off bosqichida quyidagi juftliklar bahs olib boradi:

«Fenerbahche» (Turkiya) — «Lion» (Frantsiya); «NEK Neymegen» (Niderlandiya) — «Bude-Glimt» (Norvegiya); «Xapoel» (Beer-Sheva, Isroil) — «Sabah» (Ozarbayjon); «Slovan» (Slovakiya) — «Tsele» (Sloveniya); «Seltik» (Shotlandiya) — «LASK» (Avstriya); «Dinamo» (Zagreb, Xorvatiya) — «Viking» (Norvegiya); «Levski» (Bolgariya) — AEK (Gretsiya).

Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari 18 avgust, javob bahslari esa 25 avgust kuni o'tkaziladi.

Ushbu bosqichdagi juftliklarda g'olib chiqqan jamoalar Chempionlar Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Mag'lub bo'lgan klublar esa Evropa Ligasining asosiy bosqichiga yo'l oladi.

Amaldagi Evropa Chempionlar Ligasi g'olibi — «Pari Sen-Jermen». Parijliklar 2025/26 yilgi mavsum finalida Londonning «Arsenal» klubini penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag'lub etgan. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ