37 yoshli Aleksis Sanches MLSning «Monreal» klubiga o'tdi
12 AVGUST, 2026, 07:00
«Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Inter»ning sobiq hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi.
37 yoshli chilililik futbolchi va «Monreal» 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladilar. Kelishuv klub tomonidan shartnomani 2027/28 yilgi mavsumga uzaytirish optsiyasini ham o'z ichiga oladi.
O'tgan mavsumda Aleksis «Sevilya»da o'ynagan va La Liganing 28 ta o'yinida 4 ta gol urgan.
