logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Aston Villa» va «Atletiko» Rujerining 25+1,5 mln evrolik transferi bo'yicha kelishib olishdi

 12 AVGUST, 2026, 06:54

«Atletiko»ning chap qanot himoyachisi Matteo Rujeri «Aston Villa»ga o'tmoqda.

Klublar 24 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo'yicha 25 million evroga og'zaki kelishib olishdi. Yana 1,5 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan, deb xabar beradi Fabritsio Romano.

Matteo Birmingem klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha allaqachon kelishib oldi. Agar hujjatlar yaqin kunlarda tasdiqlansa, futbolchi shu haftada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketadi.

Rujeri «Atalanta»dan 17+3 million evro evaziga transfer qilinganidan so'ng «Atletiko»da bir mavsum o'tkazdi. La Liganing 26 ta o'yinida u 3 ta golli uzatma berdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ