logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Chelsi» Fernandesni «Manchester Siti»ga sotishi mumkin, ammo qimmatga

 12 AVGUST, 2026, 06:48

Yarim himoyachi Entso Fernandes «Chelsi»ni «Manchester Siti»ga almashtirishi mumkin.

«Shaharliklar»ning 25 yoshli argentinalik futbolchiga bo'lgan qiziqishi yangi bosqichga chiqqani va aniq tus olgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Fernandesni o'z jamoasida «Chelsi»dagi birgalikdagi faoliyati orqali o'yinchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladigan Entso Mareska ko'rishni xohlamoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, bitim taqdiri belgilangan narxga bog'liq. «Chelsi» 120 million funt (taxminan 140 million evro) miqdoridagi summada oyoq tirab turibdi.

Ta'kidlash joizki, Entso Fernandesning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ