«Barselona» yulduz himoyachi bilan bog'landi
12 AVGUST, 2026, 06:24
«Tottenxem»ning o'ng qanot himoyachisi Pedro Porro «Barselona»ning potentsial transfer nishoni hisoblanadi.
So'nggi kunlarda matbuotda Angliya Premer-ligasi grandlari nishonida turgan Jyul Kundening kataloniyaliklar klubidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar faol muhokama qilinmoqda. Jurnalist Jerar Romeroning ma'lumotiga ko'ra, frantsiyalik futbolchi bilan bog'liq vaziyat «Barselona»ni ehtimoliy o'rinbosarlarni qidirishga majbur qildi – «ko'k-anorranglilar» Porroning atrofidagilar bilan allaqachon aloqa o'rnatishgan. Bu ispaniyalik futbolchi bo'yicha rasmiy muzokaralar albatta boshlanishini anglatmaydi, ammo bunday variant aniq ko'rib chiqilmoqda.
Pedro Porroning Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evroni tashkil etadi. Iyul oyida 26 yoshli lateral Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi.
