logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Deku Lautaro Martinesning agenti bilan uchrashdi

 12 AVGUST, 2026, 06:12

«Barselona»ning sport direktori Deku Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martinesning agenti bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv o'tgan haftada bo'lib o'tgan. Jurnalist Jerar Romeroning ta'kidlashicha, portugaliyalik funktsioner «neradzurri» sardorining transferi qanchalik real ekanini aniqlashga harakat qilgan. 28 yoshli futbolchi «ko'k-anorranglilar» tomonidan «Atletiko» kategorik ravishda sotishdan bosh tortayotgan Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda.

Lautaro Martines 2018 yildan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2028/29 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari hujumchining qiymatini 85 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ