logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino Gvardiolaning «Barselona»sini qanday qilib «yo'q qilganini» esladi

 12 AVGUST, 2026, 05:48

Joze Mourino «Real»dagi birinchi davrida Xosep Gvardiola bilan bo'lgan raqobat haqida fikr bildirdi.

«2011/2012 yilgi mavsum yakunida biz «Barselona»ning gegemonligiga chek qo'ydik. Biz bu erga nima uchun kelgan bo'lsak, o'sha ishni bajardik. Biz ularni yo'q qildik va Xosep Gvardiola bu doimiy kurashdan charchadi», - deydi Mourinoning hujjatli filmdagi so'zlaridan iqtibos keltirgan The Touchline.

2011/2012 yilgi mavsumda Joze Mourino qo'l ostidagi «Real» Ispaniya chempioni bo'ldi. «Qaymoqranglilar» o'sha chempionatda 121 ta gol urishdi – ushbu mahsuldorlik rekordi hozirgacha saqlanib kelmoqda. O'sha mavsumdan so'ng Xosep Gvardiola «Barselona» bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ