Ronaldino "Monako"ning investoriga aylanishi mumkin
11 AVGUST, 2026, 23:06
Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldino "Monako" basketbol klubiga investor bo'lishi mumkin, deb xabar beradi L’Equipe nashri.
Manbaga ko'ra, "Monako" bosh direktori Aleksey Efimov dushanba kuni kechqurun Ronaldino va Andorraning Clayton Sport investitsiya fondidan mumkin bo'lgan investitsiyalar bo'yicha xat oldi.
Taklif "Monako" klubni sobiq basketbolchisi Jamal Meshbern boshchiligidagi konsorsium Helen Holdingsga sotishni yakunlash niyatini ochiqchasiga tasdiqlaganidan bir necha soat o'tgach paydo bo'ldi.
"Monako" hozirda Meshbern guruhi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va Frantsiya ligasiga qaytish uchun zarur bo'lgan moliyalashtirishni ta'minlashga harakat qilmoqda. Biroq, Ronaldinoning potentsial investor sifatida paydo bo'lishi voqealar yo'nalishini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.
Bu vaziyat "Monako"ning 2026/27 yilgi Frantsiya ligasi mavsumidan chetlatilishiga qarshi chiqishga urinishlari fonida yuzaga kelmoqda. Klub Frantsiya Olimpiya qo'mitasiga murojaat qilmoqchi va 18 avgustgacha yarashuv so'rovi uchun asoslarni taqdim etishi kerak.
