logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Luis Enrike: "Ayni paytda futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha hech narsani bilmayman"

 11 AVGUST, 2026, 22:36

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Superkubogi oldidan jamoaning muammolariga to'xtaldi.

"Menda hech qanday o'yinchi yo'q. Ba'zilari dushanba kuni, boshqalari esa o'tgan hafta qaytishdi. Biz qo'limizdan kelganicha tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqdamiz, lekin o'yinchilarimiz qanday jismoniy holatda bo'lishini bilmayman", dedi Enrike jurnalistlarga.

Shu bilan birga, murabbiy jamoaning UEFA Superkubogini yutishga qaratilganini ta'kidladi.

"Mavsumni final bilan boshlaganingizda, bu o'tgan mavsumda ko'p mehnat qilganingizni anglatadi. Bizning maqsadimiz - iloji boricha eng yuqori darajada o'ynash. Albatta, biz yana Superkubokni yutib olishni xohlaymiz", dedi Goal nashri bergan intervyusida.

"PSJ" o'tgan yilgi UEFA Superkubogida "Tottenxem"ni mag'lub etgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ