Mourino: "Real"da ilk marta ishlaganimda tarkibdagi futbolchilarga o'rgatadigan hech narsam yo'q edi"
11 AVGUST, 2026, 22:24
Joze Mourino murabbiy sifatidagi ilk faoliyati davomida "Real Madrid"ning yulduz futbolchilari bilan ishlash haqida gapirdi.
"Real Madrid"da futbolchilarga o'rgatadigan deyarli hech narsam yo'q edi. Ramosga to'pni bosh bilan qanday urish kerakligini va Krishtianuga gol urish kerakligini o'rgatishim shart emas edi. Mening ishim boshqacha edi - tafsilotlarda, taktikada va eng muhimi, hamma futbolni bir xil tushunishini ta'minlashda", dedi Mourino Goal nashriga.
Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha "Real Madrid"ga murabbiylik qilgan. Uning qo'l ostida "Los Blankos" La Liga, Qirollik kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Chempionlar Ligasida "Real Madrid" Mourino qo'l ostida uch mavsumda ham yarim finalga chiqqan.
