Vitinya "Oltin to'p" uchun uchta nomzod nomini aytdi
11 AVGUST, 2026, 22:00
"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun favoritlarini aytdi. Vitinya jamoadoshlarini ham nomzodlar ro'yxatiga kiritdi.
"Chempionlar Ligasidagi o'yinlaridan keyin Kvaratsxeliya, ajoyib mavsumidan keyin Dembele yoki hamma narsani yutgan Fabian Ruis... Men uchun tanlov shu uch futbolchi orasida bo'ladi", - deya Vitinyaning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Avvalroq "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Fabian Ruis "Oltin to'p"ni yutishi kerakligi haqidagi fikrini bildirgan edi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bu yilgi "Oltin to'p" Parijda emas, balki Londonda topshiriladi. Tadbir 26 oktyabrga belgilangan.
