Diomande: "Mourinoga minnatdorchilik bildiraman"
11 AVGUST, 2026, 21:48
Vinger Yan Diomande uning "Real Madrid"ga o'tishida bosh murabbiy Joze Mourino muhim rol o'ynaganini aytib o'tdi.
"Men murabbiyga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki biz mening transferimdan oldin gaplashdik va men bu erda uning va, albatta, klub tufayliman. Men xursandman. Ushbu transfer uchun rahmat - klubga va murabbiyga menga ishonganlari uchun rahmat", dedi Diomande "Real Madrid" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Yan Diomande "Real Madrid"da 25-raqamli libosda o'ynaydi. OAV xabarlariga ko'ra, ivuarlik futbolchining transfer narxi 125 million evroni tashkil etgan. "Leyptsig"ning daromadi bonuslar orqali oshishi mumkin.
