logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Neftchi» BAAda o'ynayotgan O'zbekiston MTJ a'zosini o'z safiga qo'shib oldi

 11 AVGUST, 2026, 20:42

«Neftchi» yozgi transfer oynasida tarkibni ancha kuchaytirdi. Klub rahbariyati Superliga va milliy terma jamoamiz safida tajriba orttirgan tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullaev bilan shartnoma imzoladi.

Abdulla Abdullaev faoliyati davomida o'zining yuqori mahorati, maydonni yaxshi ko'ra olishi, to'p bilan ishlashdagi ishonchliligi va jangovor xarakteri bilan ajralib kelgan. Uning tajribasi va yarim himoyadagi ko'p qirrali o'yini jamoamizning ikkinchi davradagi muhim vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Abdulla 2025-2026 yilgi mavsumni BAAning "Dibba al-Fujayra" klubi safida o'tkazdi. Abdullaev faoliyati davomida "Bunyodkor", OKMK, "Paxtakor" va "Xor-Fakkan" (BAA) jamoalarida o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ