logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Hojiahmad Husanov – «Dinamo» futbolchisi

 11 AVGUST, 2026, 20:36

Superligada transfer oynasining so'nggi kunida «Dinamo» jamoasi yana ikki nafar yosh o'yinchini tarkibiga qo'shib oldi.

Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, so'nggi mavsumlarda «Odil-Junior» safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan Hojiahmad Husanov «Dinamo» bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Yarimhimoyachi maydon markazidagi faolligi bilan ajralib turadi. 19 yoshli yarimhimoyachi «Olimpik» safida Edem Nemanov, Behruz Karimov singari futbolchilar bilan to'p surib, birga tanilgandi.

"Ishonamizki, Hojiahmad Husanov «Dinamo»dagi o'yinlari orqali muxlislar ishonchini oqlab, jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shadi. «Dinamo»ga xush kelibsiz, Hojiahmad Husanov!", — deyiladi "Dinamo" klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ