logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rustam Turdimurodov: «Bu boshqacha qaytish bo'ldi»

 11 AVGUST, 2026, 20:36

«Andijon» klubi yozgi transferlari qatoridan iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodovni ham qo'lga kiritdi.

Ikki tomon bir-biriga begona emas. Turdimurodov aynan shu erda o'ynagan holda tajribasini oshirib, o'z gollari bilan ko'zga tashlangan. Bir yildan keyin Rustam yanada kuchli futbolchi sifatida sobiq jamoasiga qaytdi.

Jamoa ham, muxlislar ham hujumchini xursandchilik bilan kutib oldilar. O'z navbatida futbolchi ham mamnuniyat bilan dastlabki intervyusini berdi.

— «Andijon» jamoasiga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Qaytishingizni jamoa muxlislari ham tabiiyki, xursandchilik bilan qarshi olishdi. Yana bir bor «Andijon» a'zosiga aylanganingiz borasida qanday izoh bera olasiz?

— Assalomu alaykum. Xudo xohlasa, bu boshqacha qaytish bo'ldi. Baribir jamoa va bu muhit boshqa. Bu erdagi fan-klub, muxlislar ham boshqacha.

— Bu taklif ustida ilk bor qachon eshitdingiz va sobiq jamoangizga o'tish jarayoni qanday yuz berdi?

— Dastlab bu ma'lumotni agentimdan eshitdim. Yozgi transfer oynasi ochilganida shu xabar keldi. Albatta, oldimizda boshqa klublarning variantlari ham bor edi. Hammasini ko'rib chiqib, yakunda «Andijon»ga to'xtaldik.

— 2024 va 2025 yilgi mavsumlar davomida shu erda o'ynagansiz. O'sha bir yarim yil mobaynidagi faoliyatingiz davomida yorqin lahzalar ham bo'lgan. Bu haqida o'ylaganingizda avvalo nima yodingizga tushadi?

— O'sha davrlarda xayolimga keladigan birinchi narsa — bu «Andijon» tarkibida ilk bor tarix yaratganimiz. Farg'onada O'zbekiston Kubogini yuqoriga ko'targanimiz, Andijon ahlini xursand qilganimiz albatta yodga keladi.

— Bir yildan keyin yana sobiq klubingizga qo'shildingiz. Qaytganingizdan keyin qanday o'zgarishlar e'tiboringizni tortayapti?

— Birinchi navbatda sharoit o'zgargan. Yangi baza, bu erda hamma sharoitlar bor. Yangi mashg'ulot maydonlari, ichki muhit, qulay shart-sharoitlar yangilangan. Hammasi ajoyib.

— Ikkinchi davra jamoa va siz uchun ham muhim. Muxlislarning barcha futbolchilar qatori sizdan ham umidi katta. Shunday ekan, ayni paytda motivatsiyaga to'lamiciz?

— Avvalo, «Andijon»ni tanlashimda agentim yordam berdi. Chunki bu erda bo'lganman, o'ynaganman va «Andijon»ga yordam berish uchun keldik. Oldimizda 15–16 ta o'yin bor, maqsad qo'yganmizki, ko'proq gollar urib, yaxshi statistika qayd etib, jamoaga yordam berib, chempionlikka da'vogar bo'lish niyati bilan keldik. Xudo xohlasa, harakat qilamiz.

— Ikki yil muqaddam jamoa bilan Kubokni yutib tarix yaratgansizlar va unda siz ham qatnashgansiz. Bu safar sizda yana shu imkoniyat bor. Negaki, klub Kubokdagi ishtirokini davom ettiryapti...

— Albatta, maqsadim oldingi yoqimli onlarni takrorlash va Kubokni yana bir bor boshimiz uzra ko'tarish.

— Jamoa safida nechta gol urishni mo'ljallayapsiz?

— Bu yil ko'proq gol urmoqchiman. Birinchi maqsadim 10 ta gol urish. Chunki oldingi o'ynagan paytlarimda 8–9 ta gol urganman. Endi ko'proq urmoqchiman.

— «Andijon»ni oldinda «Neftchi»ga qarshi vodiy derbisi kutmoqda. Bo'lajak bahsdan nimalar kutyapsiz? Har holda, «Bobur Arena»da boshqacha muhit bo'ladi va siz ham bunday muhitni sog'ingansiz.

— Ko'p derbilarda bo'ldim. Baribir vodiy derbisi boshqacha. Bu erda bo'lganimda ham o'ynaganman. Bu derbida faqat «Andijon» uchun, g'alaba uchun chiqamiz. Borimizni beramiz, o'yinga 100 foiz tayyorlanamiz va tayyor bo'lib chiqamiz.

— Muxlislar uchun nima deya olasiz?

— O'yinga kelib bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman, Xudo xohlasa, g'alabani birga nishonlashni tilab qolaman!

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ