logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Metallurg» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

 11 AVGUST, 2026, 20:18

Avvalroq «Metallurg» ustozi Ilhom Mo'minjonov iste'foga chiqqanini xabar bergan edik.

Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga bungacha murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan tajribali mutaxassis Ilyos Qurbonovni tayinlashga qaror qildi.

Ilyos Qurbonov 1979 yil 17 mart kuni tavallud topgan. Futbolchi sifatida ham bekobodliklar tarkibidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar qalbidan o'rin egallagan Qurbonov 2015 yilda butsalarni mixga ilgach, murabbiylik faoliyatini ham aynan Bekobodda boshlagan. Avvaliga yoshlar jamoasida murabbiy va bosh murabbiy vazifalarida ishlagan mutaxassis asosiy jamoa uchun yangi iqtidorlarni etishtirib berishda faol ishtirok etdi.

2023 yil bevosita asosiy jamoada katta murabbiy sifatida ishlashni boshlagan va o'sha davrda bosh murabbiy bo'lgan xorijlik hamda mahalliy mutaxassislarga yaqindan yordam bergan.

2024 yilda jamoa qiyin vaziyatda qolgan bir pallada aynan Ilyos Qurbonovga ishonch bildirildi hamda uning boshchiligida jamoa Superligada mavsum oxirida kichik mo''jiza yaratib, jon saqlab qolishni uddaladi.

Bundan tashqari, Qurbonov Tojikistonning «Istaravshan» klubida ham bosh murabbiy sifatida ishlashga ulgurgan. PRO-Ligada birinchi davra davomida Ilhom Mo'minjonov shtabiga qo'shilib, jamoada faoliyat yuritib kelayotgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ