logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Napoli» yarim himoyachi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi

 11 AVGUST, 2026, 18:30

«Katandzaro» yarim himoyachisi Konstantino Favasuli «Napoli»ga o'tishga yaqin turibdi.

«Adzurri»lar 22 yoshli futbolchini keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdilar. Ijara muddati tugagach, italiyalik futbolchi besh yillik shartnomaga imzo chekadi.

Kelishuv summasi 7 million evroni tashkil etishi kutilmoqda va transferdan tushgan daromadning yarmini «Fiorentina» oladi.

O'tgan mavsumda Favasuli barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va to'qqizta assist yozdirib qo'ydi.

«Napoli» A Seriyaning o'tgan mavsumida ikkinchi o'rinni egallab, Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Massimiliano Allegri jamoasi yangi mavsumni 22 avgust kuni «Djenoa»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ