logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Turkiyada 34 yoshli futbol hakami dengizda cho'kib ketdi

 11 AVGUST, 2026, 18:24

Turkiyaning Zonguldak shahrida 34 yoshli sobiq futbolchi va futbol hakami Hakan Ergin dengizda cho'kib, vafot etdi.

Hodisa 9-avgust kuni Uzunkum sohilida yuz bergan. Noqulay ob-havo va dengizdagi kuchli to'lqinlar sabab o'sha kuni hududda cho'milish taqiqlangan edi. Shunga qaramay, Ergin dengizga tushgan.

Bir muddat o'tib, u kuchli to'lqinlar orasida ko'zdan g'oyib bo'lgan. Voqea haqida xabar berilgach, qutqaruv, politsiya va tibbiyot xodimlari hududga etib kelgan. Qutqaruvchilar Erginni suvdan olib chiqib, unga dastlabki yordam ko'rsatgan.

Hakan Ergin Atatürk davlat shifoxonasiga etkazilgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmagan.

Ergin futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakamlikka o'tgan va Zonguldakda yoshlar hakami sifatida faoliyat olib borgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ