Safonov Superkubok haqida: "Sovrin uchun o'ynalayotgan bir martalik o'yin oson bo'lmaydi"
11 AVGUST, 2026, 18:18
Ertaga, 12 avgust kuni "PSJ" (Frantsiya) va "Aston Villa" (Angliya) o'rtasida UEFA Superkubogi o'yini bo'lib o'tadi. "PSJ" darvozaboni Matvey Safonov bo'lajak o'yindan kutganlari bilan o'rtoqlashdi va Birmingem klubi bilan uchrashuv qiyin bo'lishini aytdi.
"Bir martalik o'yinda sovrin uchun o'ynalganda, bu har doim qiyin bo'ladi. Oson g'alabalar bo'lmaydi. Biz "Aston Villa"ni bilamiz. Ular juda kuchli jamoa, o'tgan mavsumda Evropa Ligasida g'olib chiqqan va Premer-ligada to'rtinchi o'rinni egallagan", - dedi Safonov "PSJ" matbuot xizmatiga.
Luis Enrike jamoasi amaldagi Superkubok sohibi. O'tgan yili parijliklar "Tottenxem"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishgan edi.
