logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Pogba «Monako» mashg'ulotida jarohat oldi

 11 AVGUST, 2026, 18:18

Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni Pol Pogba «Monako»ning mashg'ulotida jarohat oldi.

Nice-Matin xabariga ko'ra, 33 yoshli yarim himoyachi mashg'ulot qizigan paytda baqirib, maydonga yiqilgan. Tibbiy shtabdan yordam olgach, futbolchi kuchli oqsoqlanib, yaqin oradagi o'rindiqqacha etib olgan. Uning chap soniga zich bog'lam qo'yilgan, shundan so'ng Pogba klubning ikki xodimi yordamida maydonni tark etgan.

«Monako»dagi 2025/26 yilgi mavsum Pogba uchun antidoping qoidalarini buzgani sababli berilgan diskvalifikatsiyadan (2023 yildan 2025 yilgacha) keyingi birinchisi bo'ldi. Frantsiyalik futbolchi monegasklar safida 6 ta o'yinda ishtirok etib, maydonda umumiy hisobda 115 daqiqa harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ