logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Al-Hilol" Kanseluni o'z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda

 11 AVGUST, 2026, 18:06

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi himoyachi Joau Kanseluni o'z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Manbaga ko'ra, "Barselona" hali ham Kanseluni sotib olishni rejalashtirmoqda. Biroq, "ko'k-anorranglilar" portugaliyalik himoyachini qaytarish uchun taxminan 10 million evro ajratishi kerakligi da'vo qilinmoqda. Aks holda, "Al-Hilol" uni jamoada saqlab qolishga tayyor.

32 yoshli Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Barselona"da ijarada o'tkazdi. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ