"Atletik" o'z posbonini La Liga debyutantiga sotib yubordi
11 AVGUST, 2026, 17:06
"Rasing" klubi Xulen Agirresabal bilan shartnoma imzoladi.
La Ligaga qaytgan klub "Atletik Bilbao" darvozaboni transferini e'lon qildi. Tomonlar 2031 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladilar.
BilbaoHiria nashrining xabar berishicha, kelishuv qiymati 4,5 million evroni tashkil qiladi. "Rasing" shuningdek, 2 million evrolik bonuslar va agar darvozabonni qayta sotsa, qo'shimcha 2 million evro to'lashi mumkin.
"Atletik Bilbao" futbolchini 12 million evroga qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega.
Agirresabal o'tgan mavsumni "Valensiya"da ijarada o'tkazdi. U La Liganing 18 ta o'yinida 30 ta gol o'tkazib yubordi.
