UEFA hakami: "Bu futbol, PlayStation emas"
11 AVGUST, 2026, 17:00
UEFA bosh hakami Roberto Rozetti VARning ishlash usulida o'zgarishlar zarurligini ta'kidladi.
"Biz VARning futbolga ta'siridan keng norozilik borligini tushunamiz. Shuning uchun biz mikroskopik vaziyatlarda aralashuvlardan qochishni istaymiz. Kontekst juda muhim. Bu futbol, PlayStation emas. Biz juda, juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak.
Hakam o'yinni boshqarishi kerak. VAR faqat aniq xatolar holatlarida aralashishi futbol uchun juda muhimdir", dedi Rosetti Clear Line platformasi taqdimoti paytida.
