logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Beshiktash» «Yuventus»dan yarim himoyachi Melo bo'yicha ma'lumot so'radi

 11 AVGUST, 2026, 16:42

Istanbulning «Beshiktash» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Artur Meloga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Qora burgutlar» 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha turinliklarga so'rov yuborishdi. Ushbu transferdan shaxsan «Beshiktash» bosh murabbiyi Vinchentso Italyano manfaatdor — u avvalroq «Fiorentina»da Artur bilan birga muvaffaqiyatli ishlagan edi.

O'tgan mavsumni Melo ijara asosida Braziliyaning «Gremio» klubida o'tkazib, sifatli o'yin ko'rsatdi va barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, «Beshiktash» Turkiya Superligasining yangi mavsumini 16 avgust kuni «Eyupspor»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ